17:53 / 19.08.2019
2 743

Donbassdagi janglarda Rossiya ham qatnashganini isbotlovchi dalillar to‘plandi

Donbassdagi janglarda Rossiya ham qatnashganini isbotlovchi dalillar to‘plandi
Britaniyaning Forensic Architecture tadqiqot guruhi Ukrainaning Ilovaysk shahridagi 2014 yilgi urush harakatlarida Rossiya ham ishtirok etganligini isbotlovchi dalillar to‘pladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar berdi deb yozadi Kun.uz nashri.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiyaning Ukrainadagi qurolli konvoylari, T-72B3 tankining sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan suratlarini to‘plashgan. Ularning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtda bu tanklar faqat Rossiya armiyasida bo‘lgan.

Ilovayskdagi janglar avgustda “DXR” vakillari va Ukraina kuch ishlatish tuzilmalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Kiyev bu janglarda rossiyalik harbiylar qatnashganini bir necha marta ta’kidlagan, Rossiya bu ayblovlarni rad etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donbassdagi janglarda Rossiya ham qatnashganini isbotlovchi dalillar to‘plandi