Foto: Google Photos
Suriya yahudiylari Rossiya diniy diplomatiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, AQSh qo‘shinlarini masofada ushlab turish va Amerika xristian-yevangelistlarni tinchlantirish maqsadiga xizmat qiladi.
Vladimir Putin chorshanba kuni hamkasbi Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot konferensiyasida Rossiya Suriya yahudiylari jamoasi bilan yaqin munosabatda ekanini va hatto ularga sinagogalarni tiklashda yordam berayotganini oshkor qildi, deb yozadi Isroilda chop etiladigan Haaretz nashri.
Putin tafsilotlarga to‘xtalar ekan, yahudiy jamoasi a’zolari soni qanchaligi, rus hukumati ularga qanday yordam berayotgani, bundan Isroil hukumatining xabari bormi yo‘qmi – bu borada gapirmadi.
Basharti Rossiya chindan-da yordam berayotgan bo‘lsa, buni Suriya hukumati bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshirayotgani aniq.
Hozirda Suriyada qancha yahudiy istiqomat qilishi borasida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Suriya qonunchiligiga muvofiq aholining etnik tarkibi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmaydi. Ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar haqida ham ma’lumotlar sir saqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari bir necha o‘n yahudiy sinagogalari vayron qilingani, hukumat tomonidan musodara etilgani yoki isyonchi guruhlar qo‘l ostiga o‘tgani haqida ma’lumotlar tarqatgan.
Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya yahudiylarida ko‘chmas mulk, millionlab dollarlik villalar va do‘konlar bo‘lgan. Bu mulklarning aksari hukumat tomonidan musodara etilgan yoki sotilgan.
Isroil rasmiy vakillari Suriya yahudiylari jamoasi bilan aloqada bo‘lib turishi haqida xabar qilingan. Ular Tavrotning qadimgi qo‘lyozmalarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, ammo yahudiy jamoasi oqsollari bunga rozilik bermagan. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega bo‘lgan Samyuel Simonning ma’lumotiga ko‘ra, yahudiy jamoasi Bashar Asad hokimiyatini qo‘llab-quvvatlaydi va Isroilga qarshi kayfiyatda.
Putinning Suriyadagi sinagogalarni qo‘llab-quvvatlashi Rossiyaning mintaqadagi nomusulmon jamoalariga ko‘rsatayotgan yordami sirasiga kiradi. «Yaqin Sharqdagi nasroniylar og‘ir ahvolda. Ularni ta’qib qilishyapti, o‘ldirishyapti, zo‘rlashyapti va talashyapti», deb aytgan Budapeshtdagi matbuot konferensiyasida Vladimir Putin. Rossiya ularni himoya qilish choralarini izlayotganini qo‘shimcha qilib, xristian jamoalarining rahbarlarini uchrashuvga taklif qildi.
Bu Rossiya yetakchisining oliyjanobligidan emas, chunki mamlakatdagi butun urush mobaynida tinch aholi o‘ldirilishi uni unchalik qiziqtirmagan. Ammo nomusulmon aholini himoya qilish diplomatik muzokaralar mobaynida yaxshigina foyda keltirishi mumkin. Suriya aholisining 16 foizini tashkil etuvchi xristianlar Bashar Asad rejimiga xayrixoh va ular qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilmagan deb hisoblanadi.
Moskva AQSh xristian-yevangelistlarni diqqat bilan kuzatmoqda, sababi ular Tramp AQSh harbiylarini Suriyadan olib chiqishini ma’qullamadi va Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishini agressiya deb baholadi. Yevangelistlar yetakchilari Trampni Suriyadagi xristian jamoati yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ayrimlari esa hattoki buni 1915 yildagi arman genotsidi bilan tenglashtirdi.
Rossiya ularning bosimi ostida Tramp o‘z fikridan qaytib qolishidan xavfsiraydi. Shu maqsadda Putin xristianlar masalasini kun tartibiga qo‘yib, Tramp tanqiddan qutulishiga yordam bermoqchi.
AQSh yevangelistlarining erkatoyi Tramp Rossiya yordamiga ko‘z tikishga majbur. Chunki faqat ruslargina Turkiya hamda uning ittifoqchi qo‘shinlarini nomusulmon jamoalariga qarshi xatti-harakatlardan to‘xtatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi