Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi shanba kuni boʻlib oʻtgan yopiq majlisda Donbassni qayta qoʻshib olish ssenariysini tasdiqladi. Bu haqda kengash kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.
“Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi hayotga tatbiq etiladigan ssenariylardan birini qabul qildi”, - dedi u.
Danilovning soʻzlariga koʻra, majlisda hududiy mudofaa strategiyasi masalasi ham muhokama qilingan.
Yopiq majlisda muhokama qilingan uchinchi masala mamlakatda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy normandcha shaklda oʻtkaziladigan uchrashuvni muhokama qilish uchun shanba kuni milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisini chaqirdi. “Normand toʻrtligi” (Rossiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina) yetakchilarining sammiti 9-dekabr kuni Parijda boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”