18:00 / 20.12.2019
3 046

Eron va AQSHning qarama-qarshiligi qachon tugaydi?

Eron va AQSHning qarama-qarshiligi qachon tugaydi?
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy musulmonlarning hozirgi muammolariga AQSHni aybdor deb hisoblashini aytdi, deya xabar bermoqda IslamToday nashri.
Kecha Kuala-Lumpurda Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad bilan uchrashgan Ruhoniy Vashingtonni musulmonlarning ichki ishlariga aralashishda ayblab, musulmon mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish ularga nisbatan tashqi bosimni yengishga yordam berishini ta’kidladi.

O‘z navbatida Mahathir Muhammad AQSHning Eronga qo‘llagan sanksiyalarini qoraladi va ular xalqaro huquq me’yorlariga zidligini aytdi.
Eronning Rossiyadagi elchisi Mehdi Sanoiy esa AQSHning harakatlari va Yevropa Ittifoqining harakatsizligi tufayli Eron har 60 kunda yadroviy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini kamaytira borishini ma’lum qildi.

«Qanchadir vaqtdan keyin Eron bajarishi lozim bo‘lgan shartlarning o‘zi qolmaydi», – dedi diplomat.
Ma’lumki, Eron hamda dunyoning olti yirik davlati – Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH, Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi yadroviy kelishuv 2015 yilda tuzilgan va 2016 yilning yanvarida kuchga kirgan. Kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashi, AQSH va Yevropa Ittifoqining Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishini, Eron esa o‘z navbatida yadroviy faoliyatini cheklashini va uni xalqaro nazoratga ochishini ko‘zda tutgan. Biroq 2018 yilda AQSH kelishuvdan chiqdi va Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta tikladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron va AQSHning qarama-qarshiligi qachon tugaydi?