12:36 / 20.01.2020
2 788

Qozog‘istonda chorva eksporti taqiqlandi

Qozog‘istonda chorva eksporti taqiqlandi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonda chorva eksporti taqiqlandi. Bu haqda Qozog‘istonning Tengrinews nashriga tayanib Daryo xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, chorvaning qayta ishlash va qayta sotish uchun ommaviy eksport qilinishi go‘sht mahsulotlariga narx oshishiga olib kelgan. Bundan tashqari, yuzaga kelgan vaziyat Qozog‘istonda go‘shtni qayta ishlovchi korxonalar va mol boqish maydonchalari kamayishiga olib kelgan.

Umumiy hisobda bu korxonalar 2019 yilda o‘z quvvatining yarmigagina ishlagan. Bunga asosiy sabab esa chorva eksporti yuqori bo‘lgan vaziyatda xom ashyo taqchilligi hisoblanadi.

2019 yilda Qozog‘istondan 156 ming bosh yirik qoramol olib chiqilgan. Undan aksariyati – 121,6 ming boshi yoki 78 foizi O‘zbekistonga, yana 14 foizi Armanistonga olib chiqilgan.

Shuningdek, Qozog‘istondan o‘tgan yil 264 ming bosh qo‘y olib chiqilgan. Uning asosiy xaridori ham O‘zbekiston hisoblanadi. O‘zbekistonga 200 mingdan ko‘proq qo‘y olib chiqilgan. Shuningdek, Rossiya Qozog‘istondan 21,5 ming, Ozarbayjon 18 ming, Eron 12 ming bosh qo‘y sotib olgan.

Shu munosabat bilan yem-xashak va go‘sht zavodlarining murojaatlari asosida 2019 yil 21 oktabrdagi «Qishloq xo‘jalik hayvonlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi Qishloq va moliya vazirliklarining qo‘shma buyrug‘iga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur buyruq shu vaqtgacha faqat naslchilik zotini eksport qilishni vaqtincha cheklagan edi.

Tegishli hujjat loyihasi tarmoq ekspert tashkilotlari va viloyat hokimiyatlari bilan ijobiy kelishilgan, «Atameken» ilmiy-tadqiqot birlashmasi tomonidan ijobiy xulosa olingan. Hozirgi vaqtda manfaatdor davlat organlari bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda chorva eksporti taqiqlandi