Eron IIQK dengiz kuchlari qo‘mondoni Isroil hujumida halok bo‘ldi

Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi (EIIQK) harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, kontr-admiral Alireza Tangsiri janubiy Erondagi hujumda halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil rasmiy manbasiga tayanib The Jerusalem Post xabar berdi.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Katsning ta’kidlashicha, Isroilning amaliy harakati natijasida Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi (EIIQK) harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Alireza Tangsiri hayotdan ko‘z yumdi.
Hozirda hodisa bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planmoqda va har ikki tomondan rasmiy bayonotlar kutilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing