Melaniya Tramp Oq uyga gumanoid robot olib kirdi (video)

AQSHda texnologiyalar sohasidagi yana bir yangilik jamoatchilik e’tiborini tortdi. Joriy yilning 24 mart kuni Melaniya Tramp tomonidan Oq uyda noodatiy taqdimot o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oq uyning mashhur Sharqiy zaliga siyosatchilar, xorijiy delegatsiyalar va turli sohalar vakillari taklif etilgan tadbirda yangi gumanoid robot namoyish qilindi. Ushbu robot maxsus ravishda Figure AI tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Obyekt 3” (Figure 3) deb nomlangan.
Taqdimot davomida robot yig‘ilganlarga murojaat qilib, nutq so‘zladi:
“Birinchi xonim Melaniya Tramp, meni Oq uyga taklif qilganingiz uchun rahmat. Men bolalarga texnologiyadan ta’lim berishda ishtirok etayotganimdan mamnunman”, — dedi u.
Tadbir ishtirokchilari robotning ravon va aniq nutqidan hayratga tushgan. Qayd etilishicha, “Obyekt 3” 11 ta tilda mukammal gapira oladi va insonga xos harakatlar bilan zal bo‘ylab erkin yura olgan.
Donald Tramp ham ushbu voqeaga munosabat bildirib, bu holatni texnologiya va insoniyat taraqqiyotidagi muhim burilish nuqtasi sifatida baholadi:
“Yer muhiti inson uchun yaratilgan, shuning uchun gumanoid robotlar aynan shu sharoitda ishlashga mos keladi”, — dedi u.
Shuningdek, AQSH prezidenti kelajakda shunday “aqlli robotlar”ni ta’lim tizimiga joriy qilish, jumladan, maktablarda qo‘llash tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu taqdimot Oq uydagi an’anaviy tadbirlarga yangicha ruh bag‘ishlab, texnologiyalar davri yangi bosqichga qadam qo‘yayotganini yana bir bor namoyon etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!