date

Rossiya Chelyabinsk maktabida 9-sinf o‘quvchisi otishma sodir etdi

Rossiya Chelyabinsk maktabida 9-sinf o‘quvchisi otishma sodir etdi

Bugun, 26 mart kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 32-maktabda 9-sinf o‘quvchisi tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida o‘qituvchi va o‘quvchilar jabrlandi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa dars vaqtida ro‘y bergan. 15 yoshli o‘quvchi sinfga kirgach, avvalo sinfdagi ikki o‘qituvchiga gaz purkagich bilan zarar yetkazdi, so‘ng sinfdoshining (qiz bola) boshiga o‘q uzdi. Keyin qochishga uringanida oynadan sakrab, oyog‘ini sindirdi.

Hozirda hujumni sodir etgan o‘quvchi va sinfdoshi shifoxonaga olib ketildi. Shuningdek, o‘qituvchiga kimyoviy kuyish tashxisi qo‘yildi.

Do‘stlari va sinfdoshlari ma’lumotlariga ko‘ra, u tinch va jiddiy bola bo‘lgan, ilgari karate bilan shug‘ullangan.

Hodisaning ehtimoliy sababi sifatida o‘quvchi sinfdosh qizni boshqa bir boladan qizg‘anish tufayli sinfga qurol bilan kirgani aytilmoqda. Sud-tergov qo‘mitasi bu holat bo‘yicha qasddan o‘ldirishga urinish ayblovi bilan jinoyat ishi ochdi.

Bolaning otasi Artur K. o‘g‘li qurolni qayerdan olganini bilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, 41 yoshli Artur K. shaxmat bilan shug‘ullangan va o‘g‘liga ham shu sport turini o‘rgatgan. Bundan tashqari, uni karate to‘garagiga ham olib borgan, bola esa muntazam turnirlarda ishtirok etgan.

Hodisadan so‘ng maktab vaqtincha yopildi va barcha o‘quvchilar uyga yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Chelyabinsk maktabida 9-sinf o‘quvchisi otishma sodir etdi