date

Jeki Channing hayoti: farzandlari va oilaviy ziddiyatlari

Jeki Channing hayoti: farzandlari va oilaviy ziddiyatlari

Dunyo kinematografiyasining afsonasi Jeki Chan o‘zining hayratlanarli tryuklari va samimiy kulgisi bilan millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan. Biroq uning yorqin kino karyerasi ortida ekranlardagi jangovar sahnalardan ham murakkabroq hayot yo‘li yashiringan. Yillar davomida aktyorning oilaviy munosabatlari, ayniqsa, farzandlari bilan bog‘liq ziddiyatli voqealar doimo OAV diqqat markazida bo‘lib kelgan.

Aktyor 40 yildan ortiq vaqt davomida tayvanlik sobiq aktrisa Lin Fenzsyao bilan yashagan. Ular 1982 yilda (ayrim manbalarga ko‘ra 1983-yilda) nikohdan o‘tishgan. Aynan o‘sha yili ularning o‘g‘li Chan Zumin dunyoga kelgan. Keyinchalik u san’at olamida Jeysi Chan nomi bilan tanildi. Ammo Jeki Chan aktrisaning homiladorligini bilishidan keyingina unga turmush qurishni taklif qilgan.



Oradan yillar o‘tib, 1990-yillarning oxirida aktyor shov-shuvli mojaro markazida qoldi: u aktrisa Eleyn U Sili bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. 1999 yilda ushbu munosabatlardan uning qizi Etta U Chjolin dunyoga keldi. Aktyor otalikni faqat genetik tekshiruvdan so‘ng tan olgan bo‘lsa-da, qizining tarbiyasi va hayotida deyarli ishtirok etmadi.

Jeki Channing farzandlari

Bugungi kunda Jeki Channing ikki nafar farzandi bor: rasmiy nikohidan tug‘ilgan o‘g‘li Jeysi Chan va nikohdan tashqari munosabatidan dunyoga kelgan qizi Etta U. Aktyorning har ikki farzandi bilan ham munosabatlari ancha murakkab kechgan. Qiziq jihati shundaki, otasining ulkan boyligiga qaramay, farzandlar undan moddiy yordam olmagan va doimo mustaqil yashab kelgan.

Jeysi Chan

Jeysi Chan (haqiqiy ismi Chan Sumin) 1982 yil dekabrida Los Anjelesda tug‘ilgan. Uning bolaligi boshqa mashhurlar farzandlaridan farq qilgan: xavfsizlik va ortiqcha e’tibordan qochish maqsadida unga hatto otasining ismini tilga olish ham taqiqlangan.

Jeysining o‘smirligi Gonkong va AQSH o‘rtasida o‘tdi. U Kaliforniyadagi xususiy maktabda tahsil oldi, keyinchalik Virjiniyada kollejga kirdi. Tez orada u o‘qishga qiziqishini yo‘qotib, ijodiy yo‘nalishni tanladi. 2004 yilda “Huadu yilnomalari: Atirgul tikoni” filmida debyut qildi va tomoshabinlar uni iliq kutib oldi. Shuningdek, u musiqa sohasida ham muvaffaqiyat qozonib, ilk albomi bilan mukofotlarga loyiq ko‘rildi.

Biroq Jeysining hayoti 2014 yilda tubdan o‘zgardi. U giyohvand moddalarni saqlashda ayblanib, bir necha oy qamoqda o‘tirdi. Bu voqeadan so‘ng Jeki Chan o‘g‘liga to‘g‘ri tarbiya bera olmagani uchun omma oldida uzr so‘radi. Shundan so‘ng aktyor o‘g‘lini vasiyatnomadan chiqardi va o‘z boyligini xayriya ishlariga sarflashini bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, Jeysi o‘z yo‘lini mustaqil topishi kerak.

Ota va o‘g‘il munosabatlari uzoq yillar davomida murakkab bo‘lib qoldi. Jeysi Chan bolaligidan mashhur ism soyasida yashashga majbur bo‘ldi. O‘g‘li ozodlikka chiqqanidan keyin, Jeki Chan u bilan aloqa o‘rnatishga harakat qildi, lekin meros bo‘yicha qarorlarini o‘zgartirmadi. Hozir ular o‘rtasida ziddiyat yo‘q, lekin munosabatlari yaqin deya olmaymiz.

Etta U Chjolin

Etta U 1999 yilda tug‘ilgan, uning hayoti bolaligidanoq ziddiyatlarga to‘la bo‘lgan. Onasi Eleyn Uning ichkilikka moyilligi va og‘ir xarakteri qizning bolaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu sababli u bir necha bor ijtimoiy xizmatlar nazoratiga olindi. Jeki Chan uzoq vaqt qizini tan olmadi va qarindoshlik tasdiqlangach ham uning hayoti bilan qiziqmadi.

O‘smirlik davrida Etta jiddiy ruhiy tushkunlikni boshdan kechirdi. 2017 yilda esa u onasi bilan munosabatlarini butunlay uzdi. Keyinchalik AQSHga borib, otasi bilan aloqa o‘rnatishga urindi, ammo Jeki uni qabul qilmadi. U moddiy qiyinchilikda ekanini, hatto ko‘priklar ostida yashashga majbur bo‘lganini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon qildi.

2023 yilda “Kung-fu tulpor” filmi chiqqanda, Jeki Chan va uning “ekrandagi qizi” o‘rtasidagi mehrli sahnalar ko‘pchilikni yig‘latdi. Ammo hayotda barchasi aksincha: aktyor begona aktrisa bilan “ota-qiz” muhabbatini namoyish etayotgan paytda, uning haqiqiy qizi hanuz e’tibordan chetda qolmoqda.

Jeki Chan farzandlari hozir qayerda?

Hozirda Jeysi Chan yopiq hayot tarzini olib bormoqda va omma oldida deyarli ko‘rinmaydi. U haqidagi yangiliklar matbuotda juda kam. Otasi bilan aloqasi saqlangan bo‘lsa-da, ular yaqin odamlar sifatida qaralmaydi.

Etta U haqida ma’lumotlar undan ham kam. Ayrim manbalarda ota va qiz o‘rtasida qandaydir aloqa borligi aytiladi, ammo Jeki Chan bu borada rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jeki Channing hayoti: farzandlari va oilaviy ziddiyatlari