Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt

  • 14 dekabr 2016, 11:33
  • 5 849
  • Hayot tarzi
  • Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt

    1. Sevgan kishingizga qaraganingizda qorachig‘lar 45 % ga kattalashadi.
    2. Dunyodagi hech bir odam ko‘zlarini ochib aksirolmaydi.
    3. Inson ko‘zlarining hajmi tug‘ilganida qanday bo‘lsa, umri davomida o‘zgarmay qoladi. Quloq va burun esa, aksincha, o‘sishdan bir lahza ham to‘xtamaydi.
    4. Kosmonavtlar fazoga chiqqanlarida yig‘lay olmaydilar. Gravitasiya tufayli ko‘z yoshlar mayda pufakchaga aylanib, ko‘zni achishtiradi.
    5. Go‘dak to ikki haftalik bo‘lmaguncha ko‘zidan zarracha yosh chiqmaydi.
    6. Har bir ko‘zda 107 milliondan ortiq hujayra bo‘lib, ularning bari yorug‘likni sezadi.
    7. Ayollar erkaklarning ko‘ziga qarab, ularning asl maqsadini aniqlab olishlari uchun 8 soniya kifoya qiladi.
    8. Go‘daklar 38 santimetr uzoqlikdagi narsalarnigina ko‘ra oladilar. Buni qarangki, ona o‘z farzandini emizayotganda uning yuzi boladan taxminin shuncha masofada bo‘larkan.
    9. Ko‘zga biror narsa tushganida, yig‘layotganda, yoki esnaganda ko‘zyoshining tarkibi o‘zgarib turadi.
    10. Turli infeksiya va viruslar xuddi burun va og‘izdan kirgani kabi ko‘z orqali ham organizmga tushishi mumkin.

    Manba: Darakchi.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ko‘ngil ko‘zgusi hisoblangan ko‘zlar haqida qiziqarli 10 fakt