Yorqin mevali apelsin yoki limon daraxtini sotib olish juda oson — lekin, bu qimmat va qizig‘i yo‘q. Agar sizda o‘simlikshunoslikda o‘z kuchlaringizni sinab ko‘rish istagi va bir-ikki yil vaqtingiz bo‘lsa, unda bu xushmanzara o‘simlikni mustaqil ravishda o‘stirib ko‘ring!
Buning uchun nima qilish kerak?
Agrotexnikasi juda oddiy.
- Apelsinni yeng va danaklarini olib qo‘ying.
- Eng katta va dumaloqlarini tanlab oling.
- Unchalik katta bo‘lmagan plastik idish oling, ichiga suvga ho‘llangan dokani qo‘ying, uning ustiga esa— danaklarni. Ichiga biroz havo kirib turishi va issiqxona samarasini berishi uchun idishning qopqog‘ini unchalik mahkam qilmasdan yoping.
- Idishni iliq va yorug‘ bo‘lgan deraza tokchasiga qo‘ying. Bir-ikki oy kuting va danaklar har doim nam bo‘lib turishini nazorat qilib turing.
- Birinchi kurtaklar o‘sib chiqishi bilan ekishga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Kichikroq tuvak oling— yoki danaklar ekilgan o‘sha idishdan foydalaning, u yerga drenaj, tuproq soling. Uning ustidan suv qo‘ying, chuqurligi 1–1,5 sm bo‘lgan chuqurchalar qiling. U yerga ehtiyotlik bilan ko‘chatlarni qo‘ying, tuproq seping, qopqog‘ini yoping.
- Kuzatish va parvarish qilishni davom ettiring. Ko‘chatlarning shoxlari bir tekisda shakllanishi uchun har birini iloji boricha alohida va diametri kattaroq bo‘lgan tuvaklarga ko‘chirib o‘tqazing.
- 5–6 ta bargchalar paydo bo‘lgandan keyin uchlarini sal qisqartiring — sitrus yuqoriga qarab o‘sishdan to‘xtaydi va yonidan ham shoxlar chiqara boshlaydi. O‘simlik ustiga har doim iliq suv sepib turing.
- 2–3 yillardan keyin siz chiroyli daraxtga ega bo‘lasiz. Gullashini kuchaytirish uchun halqalash usulidan foydalanishingiz ham mumkin.
Manba: «Daryo.uz» “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring