GM Uzbekistan aksionerlik kompaniyasi 2016 yil iyulidan dekabr oyiga qadar Rossiyada 1811 dona Ravon avtomobilini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Evropa biznesi assosiasiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi hisobotida so‘z yuritilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Qayd etilishicha, kompaniya dilerlari 2016 yil dekabr oyining o‘zida Ravon brendida etkazib berilgan 799 dona avtomobil sotishga erishgan.
GM Uzbekistan AKning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 2016 yil yakuniga ko‘ra, 0,1 foizni tashkil etgan, 2016 yil dekabr oyida bu raqam 0,3 foizdan iborat bo‘lgan.
Umuman, 2016 yil yanvar-noyabr oylari natijasiga binoan, GM Uzbekistan 27 o‘rinni egallagan. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan modellarning hech biri eng yaxshi sotilayotgan Top-25 talikka kira olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Ravon brendidagi avtomobillar savdosi 2016 yil iyul oyida boshlangan edi. Bungacha, GM Uzbekistan mahsulotlarini Daewoo brendi ostida RFga etkazib bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“O‘zgidromet” 11 may kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi?
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi