O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati rekord darajaga yetdi

2026 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati 67,7 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi 55,1 milliard dollardan oshgan, jismoniy oltin hajmi esa 12,6 million troy unsiyadan 13,1 million troy unsiyaga ko‘tarilgan. Qiymatning o‘sishiga xalqaro bozor narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Markaziy bank oltinni iqtisodiy beqarorlik va geosiyosiy xavflar davrida strategik hamda ishonchli aktiv deb baholagan.
2026 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxiralari qiymati 67,7 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi 55,1 milliard dollarga nisbatan ancha oshgan.
Markaziy bankning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda jismoniy oltin hajmi 12,6 million troy unsiyadan 13,1 million troy unsiyaga ko‘tarildi. Xalqaro bozor narxlarining o‘sishi esa zaxiralar qiymatini sezilarli darajada oshirishga olib keldi.
Regulyator ta’kidlashicha, oltin iqtisodiy beqarorlik va geosiyosiy xavf davrida strategik, ishonchli va xavfsiz aktiv sifatida xizmat qiladi. U yuqori likvidga ega, kredit yoki qarzdorlik xatariga duch kelmaydi va inflyatsiya hamda valyuta qadrsizlanishiga nisbatan tabiiy himoya vositasi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, troy unsiya qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina, palladiy) uchun standart o‘lchov bo‘lib, 31,1035 grammga teng va bank ishlarida, zargarlik buyumlari hamda fond birjalarida qo‘llaniladi.



























Izohlar 0
…