date

«Real» tibbiy shtabi adashib Mbappening sog‘lom tizzasini tekshirgan ekan

«Real» tibbiy shtabi adashib Mbappening sog‘lom tizzasini tekshirgan ekan

Madridning «Real» klubi tibbiy jamoasi Kilian Mbappening tiklanish jarayonidagi muhim bosqichda jiddiy xato sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Bu voqea klub va muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz yulduzi 7 dekabr kuni «Selta»ga qarshi o‘tkazilgan bahsda chap tizzasidan jarohat olgan va shu bois yanvar-fevral oylaridagi bir qator muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi. Keyinchalik Mbappe to‘liq tiklanganini rasman e’lon qildi, biroq uning sog‘ayish jarayonida g‘alati holat yuz bergan.

Fransiyalik sport jurnalisti Daniel Riolo avvalroq «Real» shifokorlari adashganini ta’kidlagan edi. Endilikda Ispaniyaning nufuzli «COPE» nashri xodimi Migel Anxel Dias ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, tibbiy shtab noto‘g‘ri qaror qilib, jarohatlangan chap tizzasi o‘rniga Mbappening sog‘lom o‘ng tizzasini tekshirgan.

Aynan shu pala-partishlik sabab klub rahbariyati tibbiy jamoani ogohlantirish va ehtimoliy iste’foga tortish choralarini ko‘rmoqda. Bu esa «Qirollik klubi» uchun jiddiy signal bo‘lib, futbolchilarning xavfsizligi va muvaffaqiyatini ta’minlashda tibbiy shtabning mas’uliyati qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hozirda Mbappe sog‘aygan va maydonga qaytgan bo‘lsa-da, bu hodisa klub uchun katta saboq bo‘ldi. Muxlislar va ekspertlar shifokorlarning e’tiborsizligi haqida fikr yuritib, bunday xatolarning kelgusida takrorlanmasligi zarurligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» tibbiy shtabi adashib Mbappening sog‘lom tizzasini tekshirgan ekan