Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzyudo bo‘yicha boshqaruvchi tashkiloti — «Kodokan»ni bajonidil ziyorat qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
Putin dzyudo — hamkorga nisbatan hurmat, insonlar bilan nafaqat sportda, balki hayotda ham ijobiy munosabat o‘rnatishga yordam berishini e’tirof etib o‘tdi, deb yozgan nashr. Putin shuningdek, bolalikdan ushbu sport turi bilan shug‘ullanganidan nihoyatda mamnunligini e’tirof etib o‘tgan. «Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi ko‘raman: suzishni ham, chang‘i uchishni ham, mana hozir muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Ammo dzyudo — bu shubhasiz, hayotimning bir bo‘lagi, katta bo‘lagi, va men sportdagi mashg‘ulotlarim aynan dzyudon boshlanganidan juda ham xursandman», — deb tan olgan Rossiya etakchisi Yaponiyaning «Nippon» telekompaniyasiga bergan intervyusida. Putin suhbat davomida, o‘ziga Dzigoro Kano — dzyudo asoschisi katta ta’sir o‘tkazganini e’tirof etgan. Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabrdan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)