10 029
11 yillik ta’limga o‘tish munosabati bilan bo‘shagan kollejlar o‘rnida nima tashkil etiladi?
16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidlagan edi.
"Kamolot" YoIH qurultoyida so‘zlagan nutqida ham yana ushbu mavzuga qaytib, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi uchun barcha sharoitni yaratib berish zarurligini ta’kidladi.
"Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshiriq: sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bo‘lgan muddatda bepul o‘qitish va kasbga qayta o‘qitish markazlari tashkil etilsin.
Ayni paytda qo‘liga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beriladi.
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari bu imkoniyatlardan foydalanadi.
Ya’ni, ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan bo‘lsa, ularning ish haqidan olinadigan daromad solig‘i birinchi yili 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foiz kamaytiriladi", dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi