12:30 / 13.12.2017
6 171

O‘zbekiston uchun 87-Konvensiya kuchga kirdi

O‘zbekiston uchun 87-Konvensiya kuchga kirdi
1948 yil 9 iyulda San Fransisko shahrida (AQSh) imzolangan Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-Konvensiyasi 2017 yilning 12 dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.

O‘zbekistonning ushbu Konvensiyaga qo‘shilishi 1948 yildagi Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgan, har bir insonning uyushmalarga birlashish huquqini kafolotlovchi va inson huquqlarini himoya qiluvchi umume’tirof etilgan me’yorlarga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining fundamental konvensiyalariga mamlakatimiz sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Hujjat ilg‘or xalqaro tajriba asosida kasaba uyushmalarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston uchun 87-Konvensiya kuchga kirdi