“Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasiga kiritiladi va tanlovdagi nominatsiya sohalariga mos keladigan, bo‘sh turgan rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish yoki tayinlanish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 17 dekabr kuni Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.
Nizomga ko‘ra tanlov finali ishtirokchilari maxsus veb-saytda tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynida davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas.
Tanlov finalining ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan davlat tashkilotining, shu jumladan, o‘zi ishlayotgan tashkilotning kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.
Kadrlar zaxirasi tuziladigan davlat tashkilotining lavozimlari ro‘yxati har yili tashkilot kadrlar xizmati tomonidan 1 dekabrdan kechikmay quyidagi lavozimlar bo‘yicha alohida aniqlanadi:
- davlat tashkiloti rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);
- davlat tashkiloti tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);
- hududiy bo‘linmalar rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);
- davlat tashkiloti markaziy apparatining bosh boshqarmalari, boshqarmalari bo‘limlari, sho‘’balari boshliqlari (boshliqlarning o‘rinbosarlari) va bosh mutaxassislari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi