Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagramʻga joylagan storisda onasi oʻz xonadonidan oʻgʻirlab ketilganligi haqida maʼlum qildi, deb yozadi “Daryo” nashri.
Imonning soʻzlariga koʻra, ularning Toshkentdagi kvartirasiga prokuratura xodimlari bostirib kirib, dastlab onasiga tahdid qilgan, soʻng uni nomaʼlum tomonga olib ketgan.
“Ayni paytda u qayerda ekanligini va unga nima qilganligini hech kim bilmaydi, ammo Shveysariyadagi advokatlar va prokurorlar xabardor qilingan va ular choralar koʻrmoqda”, — deb yozdi Imon.
Skrinshot: Foto: Instagram / @iman.k17
Gulnora Karimovaning qizi onasi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinganidan keyin, 2018 yil iyuni oxiridan buyon Toshkent hududidagi xonadonda yashayotganini tasdiqladi.
Nashr ushbu holat yuzasidan izoh olish uchun Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilganida Imon Karimovaning bayonoti haqiqatga zid ekanligini, joylashtirilgan fotosuratlar esa eski ekanligini maʼlum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?