15:34 / 07.03.2019
6 346

Transport militsiyasi tuzilmoqda

Transport militsiyasi tuzilmoqda
Ichki ishlar vazirligida Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tashkil etildi. Bu haqidagi qarorga Shavkat Mirziyoyev 5 martda qoʻl qoʻygan.

“Transport militsiyasi transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini samarali taʼminlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga oʻtish maqsadida tuzilmoqda”, – deyiladi qarorda.

Bosh boshqarma IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent metropolitenida ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi negizida tuzildi.

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib:

- metropoliten, temiryoʻl va havo transporti infratuzilmasi obyektlarida (keyingi oʻrinlarda – transport obyektlari) jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

- yoʻlovchilarning harakatlanish xavfsizligini, temiryoʻl va havo transportida tashiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qoʻriqlanishini samarali taʼminlash;

- transport obyektlarida terroristik tahdidlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv, zaharli, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni tashkil qilish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, bosh boshqarma tuzilmasida transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahliliy markaz tuziladi.

Transport obyektlarida (aeroport, vokzal va h.) intellektual videokuzatuv tizimi joriy etiladi hamda u “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga bogʻlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport militsiyasi tuzilmoqda