16:17 / 12.06.2019
3 231

Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish qonuniymi?

Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish qonuniymi?
Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish fuqaro S.F. uchun qonuniydir balki. Yoki iste’molchi oila byudjetiga 12 mln. so‘m zarar keltirishini bilganida qonun talablariga zid harakatlardan tiyilarmidi?

Xullas, Uchtepa tumani Yu.Sakkokiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida yashovchi S.F.ning xonadoni Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat inspektori A.Alijonov tomonidan xonadondagi energiya resurslari hisoblagichlari ko‘rikdan o‘tkazilganda, iste’molchi S.F. o‘zboshimchalik bilan xonadondagi gaz hisoblash uskunasini yechib olib, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib foydalanayotganligini aniqlaydi.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tezkor sho‘’basi xodimlari tomonidan monitoring o‘tkazilganda bu holat o‘z tasdig‘ini topadi va MJTKning 101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida” dalolatnoma tuzilib, iste’molchi S.F.ning xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan majburiy uzib qo‘yildi.

Iste’molchi S.F. ta’minotchi korxonaning moddiy manfaatlariga jami bo‘lib 12.269.373 so‘m moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda iste’molchi tomonidan keltirilgan zarar va jarima to‘lovlari to‘liq qoplanganligi sababli tabiiy gaz tarmog‘iga xonadon qayta ulab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish qonuniymi?