O‘zbekiston MDX davlatlari orasida Rossiyadan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmiga ko‘ra yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Spot.
Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga 2019 yilning birinchi choragida 818 million dollar pul o‘tkazdi. Ulardan 340 million dollarini Rossiya fuqarolari yuborgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 726 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston, umuman olganda, Rossiyadan eng ko‘p pul yuboriladigan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘ldi.
Masalan, Rossiyadan pul o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tojikiston egallagan bo‘lib, 2019 yilda 462 million dollar o‘tkazilgan. 2018 yilda esa 487 million dollar o‘tkazilgan edi. Armanistonga pul o‘tkazish kamaygan. 2018 yilda 209 million dollar yuborilgan bo‘lsa, 2019 yilda 194 million dollar o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazish hajmi keskin kamaygan. O‘tgan yili 103 million dollar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 75 million dollarni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi