O‘zbekistonda elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish zarur. Bu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun narxlarni ko‘tarish kerak. Prezident Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisida qilgan ma’ruzasida shu kabi fikrlarni bildirdi, deb xabar qiladi Kun.uz nashri.
«Biz elektr energiyasi narxlarini liberallashtirishimiz zarur. Biz juda boy mamlakatmiz, ammo barcha imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanmayapmiz. Ko‘plab investorlar energetika sohasiga mablag‘ kiritishni xohlamoqda, ammo ularni energiya narxi ham qiziqtirmoqda.
Biz narxlarni oshirmas ekanmiz, tadbirkorlar bu sohaga sarmoya kiritmaydi. Murakkab bo‘ladi. Bu ko‘plab sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa aholiga qiyin bo‘ladi. Lekin biz shunday choralarni ko‘rishga majburmiz», - deya ta’kidladi Prezident o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari joriy yil 1 iyundan oshishi kerak edi. Biroq, kutilmaganda Moliya vazirligi narxlar oshirilmasligi haqida ma’lum qildi.
«Tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshadi, lekin 1 iyundan emas. Biz vaqtincha narxlarni oshirishni to‘xtatdik», - degan edi Moliya vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi