Foto:«Facebook»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida me’moriy meros ob’ektlarini asrash va bu boradagi muammolar haqida yozdi.
«Mamlakatimiz me’moriy meros ob’ektlarini asrash - ham hukumat, ham jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri. Afsuski, noto‘g‘ri yondashuvlar qo‘llanishi oqibatida bu boradagi muammolar kun sayin ko‘payib bormoqda. Ham bosma, ham elektron OAVda faol yoritilayotgan bu holat O‘zbekiston turizm sohasining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, Agentlikning ustuvor vazifalaridan biri sanalmish mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini targ‘ib etishga to‘sqinlik qilishi mumkin»-deydi agentlik direktori o‘rinbosari.
Sohadagi sabablarni aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ushbu masalalarning batafsil muhokamasi bo‘lib o‘tgan.
Foto:«Facebook»
Tarixiy obidalardan foydalanish va ularni asrab-avaylash borasidagi eng muhim masalalar va choralar ko‘rib chiqilgan. Jumladan, professional restavratsiyani ta’minlash, shahar landshaftini va obidalarning ichki o‘ziga xosligini saqlash, madaniy ob’ektlar yaqinidagi qurilish ishlarini nazorat qilish va boshqa muammolarga e’tibor qaratildi.
⠀
«Bizning asosiy vazifamiz ushbu noyob merosni bo‘lajak avlodlar uchun asrab qolishdir. Yurtimiz imijini xalqaro maydonda targ‘ib etishda shu kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim, albatta. Sa’y-harakatlarimizni birlashtirib, hamjihat bo‘lib ishlasak, bu sohadagi muammolarni bartaraf etishimiz hamda ertaga farzandlarimiz ko‘zlariga tik qaray olishimiz uchun ham voqealar rivojini o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi»-deya so‘zini yakunlagan Mirziyoyeva. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi