Foto: «Istemol.uz»
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.
Arizaga yangi sotib olingan uy sabab bo‘lgan. Akramov 2016 yil 8 iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyni 1 032 000 000 so‘mga sotib oladi.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, isitish tizimida ham muammolar paydo bo‘ladi.
Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bog‘lanishga harakat qiladi, ammo qo‘ng‘iroqlari javobsiz qoladi. Shundan so‘ng, ancha sarson bo‘lgan Akramov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qiladi.
Federatsiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqdi va iste’molchi haq ekanligi, uyda ma’lum muammolar mavjudligi isbotini topdi.
Natijada, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan iste’molchiga uy uchun to‘lagan puli — 1 032 000 000 so‘m to‘liq qaytarib olib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”