Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Bobonazarov tomonidan undiruvchi N.Tursunovaning foydasiga ikki nafar farzandi voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.
Qarzdor Sh.Bobonazarov aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, Pastdarg‘om tuman ma’muriy sudining qarori bilan unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro Sh.Bobonazarov ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan qasddan muttasil bo‘yin tovlab kelgan va bugungi kunga qadar uning qarzdorligi 7 mln. 865 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.Bobonazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)