14:07 / 10.10.2019
2 877

“Nazoratchi”ning qilmishi

“Nazoratchi”ning qilmishi
Karmana tumanida yashovchi ikki fuqaro 2016 yilda foydalanayotgan elektr energiyasi uchun kamroq pul to‘lashni maqsad qilishadi va bu rejalarini amalga oshirish uchun o‘zlariga hamfikr “nazoratchi”ni ham topishadi.

Nazoratchi har biriga iste’mol qilingan elektr energiyani kamaytirib hisoblovchi alohida yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berish bilan ishontirib, evaziga ularning ham biridan 500,0 (besh yuz ming) so‘m miqdorda pullarni firibgarlik yo‘li bilan aldab olib, ushbu fuqarolarning yashash xonadoniga qo‘yiladigan elektr hisoblagichlarning ichki qismiga ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan holatda noqonuniy ulama o‘rnatib bergan.

Bu holat Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 23.09.2019 yilda tumanning “Varq” maxallasida energiya resurslari va ichimlik suvidan foydalanishni qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda aniqlanadi.

Karmana tuman “Elektr ta’minoti korxonasi”ga so‘rov xatlari yuborilib, 25.09.2019 yildagi qayta hisob kitob dalolatnomalariga ko‘ra fuqaro N.S. tomonidan 4 995 848 so‘mlik, fuqaro G‘.N. tomonidan 5 295 346 so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Albatta huquqbuzarlar bu summalarni to‘lashni xohlashmaydi va zararni “nazoratchi”dan undirmoqchi bo‘lishadi. Do‘ppi tor kelgandan keyin uch yil oldin qilgan qilmishini yopish uchun “nazoratchi” yetkazilgan zararni to‘lab berish payiga tushdi.
Mazkur holat yuzasidan MIB Karmana tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Nazoratchi”ning qilmishi