2 635
Saylovga stollarni bezatish uchun o‘qituvchilar maoshidan ushlab qolish “topshirig‘i” o‘rganildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi kamida ikkita maktabda ma’muriyat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishga stollarni bezatish, gilam solish uchun o‘qituvchilar maoshidan 50 000 so‘mdan olib qolinayotgani ma’lum qilingan. Ushbu holat o‘rganilib, Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.
Ushbu fikrlarni rad etgan holda Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limi saylov uchastkalari o‘quv jarayoniga halal bermay tashkil etilayotganligi, xonalar jihozlanishida hech qanday mablag‘ sarflanmaganligi va maktab ma’muriyati tomonidan pul mablag‘i yig‘ilmaganligini ma’lum qiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining “Saylovning moliyalashtirish” haqidagi 17-bob 98-, 99-, 100-moddalarida saylov jarayonini moliyalashtirish haqida aniq ma’lumot berilgan. Ya’ni saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Tashkil etilayotgan saylov xonalarining jihozlanishi, kerakli hujjatlar bilan ta’minlanishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari saylovini tashkil etuvchi hamda uni o‘tkazuvchi shahar komissiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar o‘z fikrlarini aniq ma’lumotlar asosida izohlamagan. Ayrim blogerlar Yangiyo‘l shahri haqida fikr bildiryaptimi yoki Yangiyo‘l tumani haqidami, aniq bilib bo‘lmaydi. Maqolaning boshida Yangiyo‘l shahri maktablari haqida ma’lumot berib, maqola o‘rtasiga kelganda “tuman hokimligi maktablar direktorlariga noyabr boshida saylov uchun pul o‘tkazib berish to‘g‘risida "og‘zaki topshiriq" bergan”, degan mujmal dalillarni keltirmoqda. Shulardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumot noto‘g‘ri.
Saylovga tayyorgarlik jarayoni Markaziy saylov komissiyalari va ularning hududdagi komissiyalari tomonidan tashkil etilmoqda. Yangiyo‘l shahar Xalq ta’limi bo‘limi yuqorida keltirilgan xabarni mutloq noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi hamda o‘qituvchilardan 50000 so‘mdan mablag‘ yig‘ilgan, degan asossiz xabarni rad etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi