Bugun, 4-dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida qoʻlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongʻin sodir boʻlgan, yongʻindan uyning 4 ta xonadoni zarar koʻrgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlumotlariga koʻra, hodisa sodir boʻlgan joyda 8 nafar fuqaro kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yoʻq.
Hodisa sodir boʻlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishi aytilgan.
“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonadoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʻqligiga eʼtiborli boʻlishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz”, - deyiladi Tergov departamenti maʼlumotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!