Farg‘onada inspektorni yog‘och bilan urgan fuqaro tergovga tortildi

1 daqiqa o'qish1.6K
Farg‘onada inspektorni yog‘och bilan urgan fuqaro tergovga tortildi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimiga hujum qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 mart kuni “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJning O‘zbekiston tumani filiali inspektori D.S. tumandagi Sochtepa ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga tekshiruv uchun borgan. Tekshiruv jarayonida ushbu uyda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan suv hisoblagichi borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgani va jarima qo‘llanishi haqida ma’lum qilingan paytda xonadon egasi Fazliddin Pardayev inspektorga qarshilik ko‘rsatib, janjal chiqargan. Mojaro vaqtida u o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och bo‘lagi bilan inspektorning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219 moddasi 2 qismi — hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi F.Pardayev protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur ish yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?