date

Andijonda ayol erining o‘ynashini haqorat qilib, uning sochini oldirtirib tashladi

Andijonda ayol erining o‘ynashini haqorat qilib, uning sochini oldirtirib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir ayolga qarshi qilingan shafqatsiz va haqoratli harakatlarni aks ettirgan video tarqadi. Bu holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan tergov-tadqiqot ishlari olib borilgan. Surishtiruv davomida aniqlandiki, 1991 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan va hozirda Andijon shahrida yashovchi ayol 1998 yilda tug‘ilgan boshqa ayolni turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblab, unga nisbatan qasd qilish maqsadida reja tuzgan.

2025 yilning 23 dekabr kuni u davolanib yotgan shifoxonaga 1995, 2004 va 2001 yilda tug‘ilgan tanish ayollar orqali 1998 yilda tug‘ilgan ayolni olib keltirib, turli noqonuniy harakatlar bilan tahqirlagan va bu jarayonni videoga olib tasvirlagan.

Shundan so‘ng, 1991 yilda tug‘ilgan ayol oldindan tanishi bo‘lgan 1999 va 1998 yilda tug‘ilgan ikki nafar erkakni kasalxonaga chaqirib, ularga mazkur ayolni yashirin joyga olib borib, sochini olib tashlashni buyurgan.

Natijada, 1998 yilda tug‘ilgan ayol roziligiga zid ravishda besh nafar shaxs tomonidan oq rangli Gentra rusumli avtomashinaga majburiy ravishda o‘tirg‘izib, Andijon tumani Jivachi mahallasi hududidagi izolyatsiyalangan joyga olib borilgan.

U yerda 1999 yilda tug‘ilgan erkak uning sochlarini mashinka orqali olib tashlagan. Bu jarayon 1995 yilda tug‘ilgan ayol tomonidan videoga tushirilgan va ma’lum vaqt o‘tgach ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi «v» bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchi va besh nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ayol erining o‘ynashini haqorat qilib, uning sochini oldirtirib tashladi