11 sinf o‘quvchisi o‘ldirilishida besh nafar o‘smir gumon qilinmoqda

1 daqiqa o'qish3.5K
11 sinf o‘quvchisi o‘ldirilishida besh nafar o‘smir gumon qilinmoqda

Bekobod shahrida 11 sinf o‘quvchisining vafoti yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, voqea bir necha voyaga yetmagan o‘smirlar o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki janjal natijasida sodir bo‘lgan.

Hodisa chog‘ida jabrlanuvchiga oshxona pichogi bilan o‘ng va chap ko‘krak qismiga jarohat yetkazilgan. Vafot etgan o‘quvchi zudlik bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan yordam natija bermagan.

11 mart kuni Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining 97 moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini va dastlab gumon qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlanganini ma’lum qilgan.

12 mart kuni esa ish doirasida jami 5 nafar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Vafot etgan o‘quvchining yaqinlari Kun.uz bilan suhbatda, bolalar nizolashgandan keyin boshqa maktab o‘quvchilari 5 kishi bo‘lib kelganini bildirgan. Ularning 3 nafari shahardagi 3-maktab o‘quvchilari, 2 nafari esa texnikum talabalari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?