14:00 / 11.12.2019
3 177

MIB Nukus tumanida fuqaroga 20,8 mln. soʻm qarzini undirib berdi

MIB Nukus tumanida fuqaroga 20,8 mln. soʻm qarzini undirib berdi
Majburiy ijro byurosi Nukus tuman boʻlimi ish yurituviga Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudining ijro varaqasida koʻrsatilgan, yaʼni qarzdor A.Kalenderovdan undiruvchi J.Kalenderovning foydasiga 20 mln. 814 ming soʻm undirish haqidagi ijro ishi mavjud edi.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning tuman hududidagi “Qutankul” OFYdagi yashash manziliga boʻlim davlat ijrochilari tomonidan chiqilib uyidagi barcha mol-mulklar xatlovga olingan hamda tegishli tartibda rasmilashtirilgan.

Shuningdek, qarzdorga tegishli mol-mulklar mavjudligi aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga asos barcha tashkilotlarga soʻrovnamalar yuborilgan.

Soʻngra, qarzdorning yashash manziliga xatlangan mol-mulklari realizatsiya qilish uchun sotuvga chiqarilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Shundan keyin qarzdor A.Kalenderov 20 mln. 814 mirg soʻmlik qarzdorlikni toʻligʻi bilan toʻlab beradi va bu J.Kalenderovning tilxati bilan tasdiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Nukus tumanida fuqaroga 20,8 mln. soʻm qarzini undirib berdi