Masuda Otajonova do‘stlik haqida achchiq haqiqatni aytdi

Masuda Otajonova haqiqiy va sadoqatli do‘st topish hayotdagi eng mushkul narsalardan biri ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, yosh o‘tishi va hayot sinovlari ortidan ko‘plab do‘stlar saralanib, oxirida bir-ikkitasi qoladi. Aktrisa bunday vaziyatda faqat boshqalarni ayblamasdan, inson o‘z xatolarini ham izlashi, do‘stlariga yetarlicha mehr ko‘rsatgan-ko‘rsatmaganini o‘ylashi kerakligini bildirdi.
Masuda Otajonova intervyularidan birida hayot haqidagi chuqur fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, inson hayotidagi eng mushkul narsalardan biri — bu haqiqiy va sadoqatli do‘st topishdir.
“Yoshlikda do‘stlarimiz, dugonalarimiz, yaqinlarimiz ko‘p bo‘ladi. Ammo yosh o‘tib, hayot sinovlari va qiyinchiliklariga duch kelganimizda, o‘sha do‘stlarni izlasak ham topa olmay qolamiz. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p do‘stlar sekin-asta saralanib, oxirida bir-ikkitasi qolar ekan”, — deydi u.
Masuda Otajonova suhbat davomida bu holatda faqat boshqalarni emas, balki inson o‘zidan ham kamchilik qidirish kerakligini ta’kidladi.
“Balki do‘stlarimni yonimda saqlab qola olmaganimda o‘zimning ham xatolarim bordir. Yetarlicha mehr ko‘rsatmagandirman yoki munosabatlarni asray olmagandirman. Shuning uchun inson ba’zan aybni o‘zidan ham izlashi kerak”, — deya samimiy fikr bildirdi aktrisa.






























Izohlar 0
…