21:36 / 13.12.2019
3 308

O‘zbekistonning panoramali xaritasi “Yandeks.Xaritalar”ga kiritildi

O‘zbekistonning panoramali xaritasi “Yandeks.Xaritalar”ga kiritildi
“Yandeks” kompaniyasi O‘zbekistonning panoramali xaritasini taqdim etdi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

Tom qismida maxsus rasmga olish uskunalari joylashgan avtomobil – panoramomobil shu yilning kuzida respublika bo‘ylab aylandi.

O‘zbekiston bo‘ylab panoramali suratlar olgan avtomobil - panoramomobil
U Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva, Shaxrisabz shaharlarining ko‘chalari hamda diqqatga sazovor joylarini, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi, Orol dengizi o‘rnidagi qum sahroni hamda Amudaryo qirg‘oqlaridagi qadimiy aholi punktlarini kamera ob’ektiviga muhrladi.

Caption

Amudaryo qirg‘oqlaridagi qadimiy aholi punktlari
Kompaniyaning aytishicha, panoramali xarita mahalliy aholiga ilgari bormagan hududlarga borishni rejalashda, xorijlik sayyohlarga esa sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik bilan kelishiga yordam beradi.

“Biz panorama tasvirlarni kuz quyoshi o‘zining nurlarini beminnat sochib turgan oktyabr va noyabr oylarida oldik. Suratga olish jarayonlari puxta tayyorgarlikni talab qildi. Mamlakat boy arxeologik yodgorliklar hamda unikal landshaftga ega va biz panoramali xaritada iloji boricha ko‘proq joylarni qamrab olishni istadik. Suratga olish ishlarini Davlat turizm qo‘mitasi ko‘magisiz qila olmasdik. Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - deydi “Yandeks”ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Tasvirga olish guruhi qariyb 295 mingga yaqin suratga olgan. Ulardan 73 mingdan ortig‘i panoramali. Rasmlarning umumiy kilometraji 2000 kilometrga yetadi.

“Yandeks.Xaritalar”da Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina hamda Turkiyaning 4 millionga yaqin panoramali suratlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning panoramali xaritasi “Yandeks.Xaritalar”ga kiritildi