Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yosh dizaynerlar Kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti dizaynerlari sentyabr oyining 19-25 kunlari Italiyaning xalqaro Milan moda haftaligi doirasida oʻtkazilgan moda namoyishida ishtirok etishdi.
Haftalikda Italiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ozorbayjan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlardan kelgan dizaynerlar oʻz koʻrgazmalari bilan qatnashishdi.
Mazkur haftalikda Oʻzbekiston nomidan “ANOR” modalar uyi va “IMAGE” loyihasi ishtirokchisi IZY brendi asoschisi Zarina Ismadiyorova ishtirok etdi.
ANOR modalar uyi oʻzining asosiy yoʻnalishiga sodiq qolgan xolda, milliy matolardan neo-folklyor yoʻnalishidagi yangi toʻplamini taqdim etdi. Qadimiy paranji detallaridan unumli foydalanilgan toʻplam mehmonlar va hamkorlarda katta taassurot qoldirdi.
IZY brendi esa yangicha avangard strit stayl yoʻnalishidagi toʻplamini taqdim etdi. Dizaynerimiz taqdim etgan aynan ushbu yoʻnalish Italiya butiklari va shourumlari rahbarlariga maʼqul keldi va hamkorlikda ishlashga takliflar koʻrib chiqildi.
“Yosh dizaynerlar Kengashi” tomonidan BERLIN FASHION WEEK, SERBIAN FASHION WEEK, ASPARA FASHION WEEK tashkilotchilari bilan Oʻzbekistonlik dizaynerlarning kelgusi namoyishlari yuzasidan shartnomalar tuzildi.
Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yosh dizaynerlar Kengashi” ning bunday loyihalarni amalga oshirishidan asosiy maqsad, mamlakatimiz feysh biznesini, mahalliy dizaynerlarimizni, milliy matolarimizni jahon miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Shuningdek, bunday namoyish va koʻrgazmalar Oʻzbekistonda turistik salohiyatni oshirishga ham katta koʻmak beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi