O‘zbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 21 sentyabrdagi qarorlari bilan adliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari va ikki o‘rinbosari tayinlandi, deb ma’lum qildi "Kun" sayti.
Vazirning birinchi o‘rinbosari etib Ruslanbek Davletov, o‘rinbosarlari etib esa Nodirjon Jo‘raev va Hamdam Qarshiev (Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori) tayinlandi.
Davletov Ruslanbek Quroltayevich bungacha (2014—2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘’basining mudiri bo‘lib ishlagan.
Jo‘raev Nodirjon Savriddinovichning oxirgi ish joyi (2014—2016 yillar) Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazida direktor lavozimida bo‘lgan.
Qarshiev Hamdam Aliqulovich bungacha (2013—2016 yillar) Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi