O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariluvchi tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliq stavkalarini belgiladi. Bu haqida Uzdaily'ga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilindi.
Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq belgilandi.
Hukumat O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tamaki mahsulotlariga aksiz soliqlar stavkasini oshirdi. Filtrli va filtrsiz sigaretlarning aksiz soliqlari (ming dona uchun) 28,794 ming so‘mdan 37,432 ming so‘mga oshdi (+29,9 foiz).
Ta’kidlash joizki, Hukumat O‘zbekistonga olib kiriluvchi tamaki mahsulotlariga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkalarini saqlab qoldi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonga olib kiriluvchi sigaretga (kod - TN VED 2402 20) belgilangan aksiz soliq qiymati (ming dona uchun) 18,2 dollar miqdorida saqlab qolingan.
Shuningdek tamaki va uning muqobillaridan tayyorlangan sigaretlarga (kod - TN VED 2402 20 900 0) ham (ming dona uchun) 90 dollar (2016 yilda - 55 dollar) miqdorida aksiz solig‘i belgilangan.
Sigara va chetlari kesilgan sigaralar, sigarillalarga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkasi (1 dona uchun) 0,42 dollar darajasida saqlab qolindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi