21:52 / 25.01.2017
5 466

Toshkentda avtobus haydovchisi rulda gazeta o‘qimoqda (Video)

Toshkentda avtobus haydovchisi rulda gazeta o‘qimoqda (Video)

Jurnalistlar «Odamlar gazeta, kitob o‘qimay qo‘ydi»-deb ko‘p yozadilar. Toshkentdagi avtobus haydovchilardan biri buni aksini isbotladi.

Ya’ni, avtobus haydovchisi odamlar bilan to‘la avtobusni boshqara turib gazeta o‘qib borgan. Orada chipta sotuvchisi bilan o‘qigan mavzusini muhokama qilishga ham ulgurgan.

Mutolaa zavqiga o‘ch haydovchining bu qilmishi yo‘lovchi tomonidan videoga tushirilib, internetga joylashtirilgan. Bu lavha hozirgi kunda internetda ommalashishga ham ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilarning rulda gazeta o‘qishi, tamaki chekishi va so‘kinib gapirishi keng muhokama etilmoqda.

Bu voqeaga nisbatan «Toshshahartransxizmat» AJ ning mutasaddi rahbarlari tegishli qonuniy chora ko‘radi degan umiddamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda avtobus haydovchisi rulda gazeta o‘qimoqda (Video)