12:12 / 31.03.2017
8 563

«Ura-urachilik zamoni o‘tdi». Prezident televideniya haqida

«Ura-urachilik zamoni o‘tdi». Prezident televideniya haqida
30 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Majlisda prezident televidenie faoliyatiga to‘xtalgan. Televidenie faoliyati tanqid qilingan va tizimni o‘zgartirish kerakligi ta’kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo‘lib qolayotgani aytilgan.

«O‘zbekiston» va «Yoshlar» telekanali nomlari tilga olib o‘tilgan.

«Ura-urachilik zamoni o‘tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko‘rsatuvlarni sog‘inib kutishi kerak. «Axborot» ko‘rsatuvini o‘zgartirishimiz kerak», degan prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Ura-urachilik zamoni o‘tdi». Prezident televideniya haqida