Shavkat Mirziyoyev Moskvaga etib bordi

  • 05 aprel 2017, 08:35
  • 4 708
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga etib bordi
    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskva shahriga etib bordi. «TASS» agentligiga asoslanib "Kun.uz" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari mingan samolyot Moskvadagi «Vnukovo» aeroportiga qo‘ngan.

    5 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

    Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

    Ikki davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadi.

    Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga etib bordi