5 981
O‘zbekistonlik o‘quvchilar tarixda ilk marta matematika musobaqasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi
25—31 iyul kunlari davomida Hindistonning Lakhnau shahrida xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi xabar qilishicha, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlovda to‘rtinchi marta qatnashgan o‘zbekistonliklar ilk bor 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov va Sevaraxon Ostonova individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘ga kiritgan.
Qorako‘ldagi xuddi shu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov hamda 8-sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latov esa yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi