6 652
Shavkat Mirziyoyev: Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi
Bugun, 9 dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, soha xodimlarini tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 avgustida qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Bugun, 9 dekabr ushbu kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizda hamma soha vakillarining bayrami bor. Lekin barchamizni, butun halqimizni boqadigan, kiyintiradigan qishloq xo‘jaligi xodimlarining bayrami shu paytgacha yo‘q edi. Maxsus qonun qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilaganimiz, o‘ylaymanki, hayotimizdagi yana bir adolatli qaror, xalqimizning dilidagi gap bo‘ldi. Hammamiz bolaligimizdan yerga, dehqonchilik va chorvachilikka mehr qo‘yganmiz. Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totli va shirinligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz «olam ahlining to‘qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug‘ sochib, bebaho noz-ne’mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir» deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz «olam ahlining to‘qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug‘ sochib, bebaho noz-ne’mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir» deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida, mamlakatda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda 12 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklariga xotin-qizlar rahbarlik qilmoqda.
Respublikada ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko‘payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o‘rinlari barpo etildi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?