Prezident mahalla qadriyatlarini ta'kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro'z bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigida mahallaning O'zbekiston ijtimoiy hayotidagi alohida o'rniga to'xtalib, uni Vatanimizning go'zal timsoli sifatida ta'rifladi. Uning aytishicha, mahalla g'oyasi fuqarolar uchun muqaddas qadriyat bo'lib qolmoqda va u xalqning birdamligi, bag'rikengligi hamda o'zaro g'amxo'rligini aks ettiradi.
Davlat rahbari bu yil Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili shiori ostida keng ko'lamli dastur va rejalar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, mahalla tizimi tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda, ijtimoiy muammolarni yuzaga kelgan joyida hal etishda, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlarda mehr-oqibat va adolatni qaror toptirishda markaziy o'rin tutadi.
Mirziyoyev bu ishlarda hurmatli nuroniylar, "mahalla yettiligi" a'zolari va faol fuqarolarning hissasi ayniqsa muhim ekanini ta'kidladi. U, shuningdek, mahalla tizimi vakillariga katta ishonch bildirdi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi roliga yuksak baho berdi.
Prezident, shuningdek, ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida barcha mahalla raislari, faollar va fuqarolarni tabriklab, ularga yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tiladi. Nutqda ta'kidlanganidek, mahalla instituti ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, aholi farovonligini oshirish va jamiyatni yanada jipslashtirishda muhim kuch bo'lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!