13:26 / 15.03.2018
7 125

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT buyurtmasi bilan tayyorlangan World Happiness Report 2018 hisobotida aytiladi.

Reytingdan hammasi bo‘lib 156 mamlakat o‘rin oldi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Ekspertlar baholash omillari sifatida olti mezonni tanlab olishdi: aholi jon boshiga haqiqiy YaIM, sog‘lom hayot davomiyligi, kimgadir ishonish hissi, hayotiy muhim qarorlarni qabul qilishda sub’ektiv erkinlik darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik va saxiylik.

Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida 6,096 indeksi bilan eng baxtli davlat sifatida tan olindi. O‘tgan yili mamlakat ushbu reytingda 47-o‘rinni egallagan edi.

O‘zbekiston Litva (50-o‘rin), Latviya (53), Rossiya (59), Qozog‘iston (60), Estoniya (63), Moldova (67), Turkmaniston (68), Belarus (73) va Tojikiston (80) kabi davlatlardan yuqori o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng baxtli davlatlar aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi