22 iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

  • O‘zbekiston
  • 21-06-2018, 15:55
  • 1 207
  • 22 июнь куни Ўзбекистонда қандай об-ҳаво кутилмоқда?
    Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, ertaga 22 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-21, kundui 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

    Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esib, kechasi 19-24, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

    Toshkent, Sirrdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esgan shamol vaqti-vaqti bilan o‘z yo‘nalishini sharqqa qarab o‘zgartirishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo ochiq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esib, kechasi 19-24, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metrr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

    Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tadi. G‘arbddan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

    » » 22 iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
    Яндекс.Метрика