22:56 / 27.06.2018
4 390

O‘zbekistonda “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
“Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni bilan ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, a’zolari , mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta’sis etildi