Coscom mobil aloqa operatoriga (Ucell) egalik qilgan Telia Company shved-fin kompaniyasi o‘zining barcha ulushini (aksiyalar 94 foizi) sotgani va O‘zbekiston bozorini tark etgani xabar berilgandi.
«Biz kompaniyamiz tarixidagi ancha afsusli va qimmatga tushgan bo‘limni yopmoqdamiz», - dedi Telia Company prezidenti va bosh direktori Yoxan Dennelind matbuot anjumanida.
Yoxan Dennelind
Foto: Martina Huber/Dagens industri
Operatorning yangi egasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi aylandi, kelishuv qiymati esa 2 mlrd shved kronasi (215 mln dollar)ni tashkil qildi.
Dennelindning ta’kidlashicha, bu - O‘zbekistondagi operator uchun bozor narxi. «Shved radiosi» muxbirining bu kompaniya uchun qanchaga tushgani [kompaniya 2017 yilda to‘lab berishga rozi bo‘lgan 965 mln dollar miqdoridagi jarimalar hisobga olingan holda, bozordan chiqish] bo‘yicha savoliga, Dennelind shunday javob qaytardi:
«Bitimning faqat shu qismi 1 milliard dollarga tushdi, biroq agar butun loyiha hisobga olinsa, O‘zbekistondagi yo‘qotishlar 14 milliardni tashkil qiladi», - dedi u.
Telia endi faqat Qozog‘iston va Moldovada aktivlarga ega, ular bo‘yicha ham hozir muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq, kompaniya Gruziya, Tojikiston, Turkiya, Ozarboyjon, Nepaldagi ulushlarini sotib yuborgandi.
2007 yilning iyulida Telia (o‘sha vaqtda Telia Sonera) Coscom'ning asosiy aksioneriga aylangandi. 2008 yili esa operator Ucell brendi ostida faoliyat yurita boshlagandi. Kompaniyada 1250 nafarga yaqin xodim ishlab kelmoqda. Abonentlar soni 7 million atrofida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi