Samarqand viloyati MXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan kollejga o‘qishga kiritish uchun talabalardan pul talab qilgan kollej direktori o‘rinbosari pul olayotganda qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaro MXXga ariza bilan murojaat qildilar. Ushbu arizalarda aytilishicha, Samarqand viloyati bank kolleji qabul komissiyasi a’zosi kollejga o‘qishga kiritish masalasini ijobiy hal etish evaziga talabalarning qarindoshlaridan pul talab qilgan. «Natijada Qarshiev o‘z xizmat xonasida 800 dollar pul mablag‘ini olayotganda qo‘lga olindi.
Ushbu bank kolleji Samarqand viloyatida eng etakchi o‘quv dargohlardan biri hisoblanadi. Qarshiev o‘zining noqununiy harakatlari bilan o‘quv dargohi sha’niga dog‘ tushirdi, shuningdek, ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga to‘sqinliq qildi», — deb ta’kidladi MXX vakili.
Hozirgi kunda Qarshievga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish kompaniyasi davom etmoqda. Bunda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy sohalarda, jumladan, ta’lim sohasida ta’magirlik va poraxo‘rlikka qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)