O‘zbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi.
Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora MA’RUFOVA intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.
"Ota-bobolarimiz kelin tushganidan so‘ng 40 kun chilla saqlagan. Shu davrda qaynonalar kelinchakni yoniga olib, ro‘zg‘orning past-balandini, uydagi sharoitni o‘rgatgan. Afsuski, bugungi zamonaviy qaynonalarning ayrimlari hali yosh, tajribasiz bo‘lgani sababli kelinlarga qanday munosabatda bo‘lishni bilmaydi. Ko‘pni ko‘rgan, nuroniy qaynonalarning tajribasini ommalashtirish, ularning oila tutumi, kelin va farzandlarga muomala munosabatlardagi hayotiy saboqlarini yosh qaynonalar o‘rtasida keng targ‘ib etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish maqsadida 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Qaynonalar kengashi” jamoat tuzilmasi tashkil etildi. Mazkur jamoat tuzilmalari faoliyati Toshkent va Andijon viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahrida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tomonidan o‘rganib borilmoqda",—deydi Gulnora MA’RUFOVA. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi